Toshkentda mayit uchun pul talab qilgan ekspert ushlandi

Toshkentda mayit uchun pul tama qilgan ekspert qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali boshlig‘i o‘rinbosari (o‘rindoshlik asosida komission ekspertizalar bo‘limi sud-tibbiy eksperti) Z.U. o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, shu yilning 15-avgust kuni vafot etgan fuqaro mayitini o‘likxonadan chiqarib berish evaziga marhumning qarindoshidan 200 AQSh dollari talab qiladi.
Shundog‘am boshiga musibat tushganlarga esa bunday tama dard ustiga chipqon bo‘lgani bois shartta tegishli organlarga murojaat qilishadi. Natijada Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, ekspert talab qilgan pulini olayotgan paytida ushlandi.
Holat bo‘yicha jinoyat ishi (JK, 210-modda — «pora olish») qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter