Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana uch chaqaloq tug‘ildi

Toshkentda yana uch chaqaloq tug‘ildi

Foto: Zed News

2019-yil 17-fevralda Toshkentdagi Respublika perinatal markazida (SamPI) urganchlik Sobirovlar oilasida 3 chaqaloq dunyoga kelgan (suratda).

Chaqaloqlarning otasi Jasur Sobirovning Zed News’ga ma’lum qilishicha, tug‘ilgan ikki o‘g‘il va bir qiz va onaning ahvoli yaxshi. Go‘daklarga Farzon, Farhod va Farrux deb ism berishgan.

O‘zbekistonda uchizak farzandlar tug‘ilishi ancha ko‘payib qoldi. Uch chaqaloqli bo‘lgan oilalarga prezident nomidan hokimlar mashinalar beryapti. Bu oilaga Toshkent hokimiyati mashina beradimi yoki Xorazm? Muhimi bu emas, uchizaklar umri uzun bo‘lsin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring