Toshkentdagi YTHda 5 kishi jabrlandi

Kecha, 12-avgust kuni soat 19:00 larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yunus ota ko‘chasida 1967-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi "Gazel" hamda 1995-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi "Neksiya" mashinalari to‘qnashgan.
To‘qnashuv natijasida 5 nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter