Toshkentning Yangihayot tumanida uy yonishi oqibatida bir fuqaro halok bo‘ldi

Bugun soat 06:10 larda Yangihayot tumani «Chorbog‘» MFY da joylashgan ko‘p qavatli honadonlarninig birida yong‘in kelib chiqgan. Buning oqibatida bir nafar fuqaro halok bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘rab, Bugun 13 sentyabr kuni soat 06:10 larda Yangihayot tumani «Chorbog‘» MFY da joylashgan ko‘p qavatli honadonlarninig birida yong‘in kelib chiqqan. Shunga ko‘ra yong‘in joyiga soat 06:14 da yong‘in-qutqaruv guruhlari etib borgan va soat 06:27 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida uy jihozlari va uyning ichki qismi 30 kv.m maydonda yonib zararlangan hamda bir nafar fuqaro kuyish tan jarohati natijasida halok bo‘lgan. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter