Trampning Rossiyani «G7»ga qaytarish istagi Yevropaning parchalanishiga olib kelishi mumkin

«AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyani «katta sakkizlik»ka qaytarish zarurligi haqidagi bayonoti Yevropada parchalanish xavfini keltirib chiqaradi», — deya ma’lum qildi ZDF telekanaliga Germaniya tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Nils Annen. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Janob Trampning ushbu bayonotidan keyin javob tariqasida Rossiya tomonidan hech qanday munosabat bildirilmasa va biz uni tashkilotga taklif qilsak, bunga ko‘pchilik hayron qolishi mumkin. Ushbu guruh (G7) umumiy qadriyatlarni himoya qiladi. Bunday vaziyatda biz Yevropada yana bir bo‘linish yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz, chunki Yevropada hamma ham bunday qarorga rozi bo‘lmasligi mumkin», — dedi u.
Avvalroq Tramp Rossiya ishtirokidagi «sakkizlik» hozirgi «yettilik»dan ancha foydaliroq bo‘lishi mumkinligini aytgan edi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu bayonotga munosabat bildira turib Rossiyaning boshqa yo‘nalishlarga urg‘u berishini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, rivojlangan davlatlarning «G7» forumi 1998-yildan Rossiyaning tashkilotga a’zo bo‘lishi ortidan «G8» deb atala boshlagan edi. Ammo 2014-yili Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi ortidan a’zo davlatlar «G8»ning Sochida bo‘lib o‘tishi kutilgan sammitiga borishdan bosh tortishdi hamda Bryusselda Rossiyasiz to‘plandilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter