Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuman va shaharlar «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiladi

Tuman va shaharlar «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiladi

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentning «Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergandik.

Hududlarda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini baholash va bu borada mahalliy hokimiyat organlarining mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida 2022 yil 1 iyuldan boshlab, respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida «Xavfsiz yo‘l» indeksini yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Indeks doirasida yo‘l infratuzilmasi va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishining holati maxsus komissiyalar tomonidan 5-ilovaga muvofiq 29 ta indikator bo‘yicha har chorak yakunida baholab boriladi.

Tuman (shahar)lar indeks ko‘rsatkichlari asosida yo‘llarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati bo‘yicha «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratiladi.

Indeksni yuritish vazifasi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari zimmasiga yuklanadi.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda yetakchi ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda, indeksni yuritish metodologiyasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring