Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada noqonuniy bo‘lib turgan 50 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Turkiyada noqonuniy bo‘lib turgan 50 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Migratsiya agentligi hamda Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi mas’ullari o‘rtasida Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini legallashtirish bo‘yida muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar jarayonida Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ma’muriy jazosiz ro‘yxatdan o‘tkazish, yashash va ishlash ruxsatnomalarini berish (legallashtirish) taklifi Turkiya rasmiylari tomonidan ma’qullandi.

Shuningdek, qariyalar va bolalarni parvarishlash, qishloq xo‘jaligi sohalarida noqonuniy faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy maqom berishga kelishildi.

Qolaversa, Turkiya deportatsiya markazlaridagi 50 nafar ayollarimizga vatanga qaytish uchun Migratsiya jamg‘armasi hisobidan aviachiptalar xarid qilindi hamda 28 nafariga «vatanga qaytish guvohnomasi» rasmiylashtirilib, repatriatsiya jarayoni boshlandi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida «Ijtimoiy himoya to‘g‘risida»gi yangi bitim ishlab chiqishga ham kelishilgan.

 

 

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring