Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada zilzila qurbonlari soni sezilarli ravishda oshdi

Turkiyada zilzila qurbonlari soni sezilarli ravishda oshdi

Foto:«Reuters»

Turkiyaning g‘arbiy hududida sodir bo‘lgan kuchli yer qimirlashi natijasida vafot etganlar soni 42 nafargacha oshdi. Bu haqda mamlakatning Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha agentligi xabar bergan. 

Avvalroq vayronalar ostidan 100 kishi chiqarib olingani va 25 kishi vafot etgani xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 30-oktyabr sanasida Turkiyaning g‘arbiy qismida 6,6 balli zilzila sodir bo‘ldi.

Qayd etilishcha zilzilaning epitsentri Izmir hududiga to‘g‘ri kelgan, chuqurligi esa 16,5 kilometr.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, yer silkinishlari mamlakatning katta qismida, xususan Istanbulda ham sezilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring