Turkiyadagi o‘zbekistonliklar rasmiy idora tomonidan ogohlantirildi
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan vatandoshlarni shu kunlarda mamlakat bo‘ylab noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish doirasida o‘tkazilayotgan «maxsus reydlar»dan ogohlantirdi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, mazkur reydlarda qo‘lga tushganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. Ular Turkiyada bo‘lish qoidalarini buzgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu fuqarolarning aksariyati Istanbul shahridan boshqa viloyatlardagi repatriatsiya markazlari(Geri gönderme merkezi)ga yuborilmoqda.
«Kelib tushgan arizalarga muvofiq, Bosh konsulxona tomonidan Turkiya politsiyasi va Migratsiya xizmati (Göç İdaresi) orqali fuqarolarimizning holati o‘rganilganda, ularning yonida shaxsni tasdiqlovchi hujjati (pasport, İkamet İzni) bo‘lmagani yoki Turkiyada yashash va ishlash qoidalarini buzganliklari aniqlandi», – deyiladi xabarda.
Bosh konsulxona rasmiylari, o‘z navbatida, Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklardan mahalliy qonunlarga to‘liq rioya etishni, o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi (pasport) va Turkiyada yashash ruxsatini beruvchi (İkamet İzni) hujjatlarni olib yurishni so‘ramoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter