Turkiyadagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 ming yaqinlashdi

Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining (AFAD) ma’lum qilishicha, zilzila oqibatida halok bo‘lganlar 2 921 nafarga yetgan, 15,834 kishi esa jabrlangan.
Shuningdek, yer silkinishi oqibatida mamlakatda 5 606 ta bino vayron bo‘lgani aniqlangan.
Avvalroq Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘qtay vayronalar ostidan jami 7840 kishi tirik qolganini ma’lum qilgan edi.
O‘qtay 338 ming kishi yotoqxonalar, universitetlar va boshpanalarga joylanganligini qo‘shimcha qildi.
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter