Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina mudofaa vaziri o‘zgaradi

Ukraina mudofaa vaziri o‘zgaradi

Denis Shmigal va Rustem Umerov.

Foto: Apostrof / Exo Kavkaza

Shu kunlarda iste’foga chiqishi kutilayotgan Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal mamlakat mudofaa vaziri lavozimini egallaydi. Bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy bayonot berdi.

«Denis Shmigalning ulkan tajribasi Ukraina mudofaa vaziri maqomida foyda berishi aniq. Aynan shu sohada hozir mamlakatning bor zaxirasi, barcha vazifalar va juda ko‘p mas’uliyat mujassamlashgan», — dedi Zelenskiy.

Shmigalning o‘rniga uning birinchi o‘rinbosari Yuliya Sviridenkova bosh vazir bo‘lishi kutilyapti. Ukrainaning hozirgi mudofaa vaziri Rustem Umerov esa AQShga elchi qilib jo‘natilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring