Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainadagi jangovar harakatlarda 18 jurnalist halok bo‘ldi

Ukrainadagi jangovar harakatlarda 18 jurnalist halok bo‘ldi

Foto: «Atalayar»

Ukrainadagi jangovar harakatlar davrida (24-fevraldan beri) 18 nafar jurnalist halok bo‘ldi, deb xabar berdi Ukraina madaniyat va axborot siyosati vazirligi.

Shuningdek, OAV xodimlaridan 3 nafari — bedarak yo‘qolgan, 8 nafari — o‘g‘irlab ketilgan, 13 nafari — yaralangan.

Ukraina bosh prokuraturasi bayonotiga ko‘ra, Rossiya harbiylari tomonidan OAV vakillariga nisbatan 74 ta jinoyat sodir etilgan. Shulardan 19 nafari xorijlik jurnalistlar: Buyuk Britaniya — 5, Chexiya — 2, AQSh — 2, Daniya — 2, BAA — 2, RF — 2, Irlandiya — 1, Shveysariya — 1, Fransiya — 1, Litva — 1.

Halok bo‘lgan 18 nafar jurnalistning 3 nafari — ayollar, o‘g‘irlab ketilgan 8 jurnalistning 4 nafari — ayollar. Qolaversa, 15 jurnalist bosimga uchragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring