Uyqusizlikni yengishning oson yo‘li topildi

Amerikaning Jon Hopkins universiteti olimlari uyquni yaxshilashning qulay usulini ma’lum qilishdi — undan har bir kishi foydalanish imkoniyatiga ega.
Huffington Post yozishicha, olimlar uyqusizlikdan aziyat chekuvchi 1,3 mingdan ortiq odam ishtirok etgan 22 ta tadqiqot natijalarini tahlil qilib, uyqusizlikni yengishda nafaqat kognitiv-xulq-atvor muolajasi, balki jismoniy mashqlar ham yordam berishini aniqladilar.
«Ko‘rib chiqilgan usullar orasida yoga, taychi, piyoda yurish va yugurish ayniqsa samarali», — deyiladi xabarda.
Uyqusizlikka chalinganlar uchun jismoniy mashqlarning eng foydalisi — yoga. Odatdagidan yarim soat ertaroq va ikki soat ko‘proq uxlash uchun kechki payt atigi 30 daqiqa jismoniy mashqlar (masalan, kechki sayr)ga ajratilsa kifoya.
Mutaxassislarning fikricha, jismoniy faoliyat endorfin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va tana haroratini vaqtincha oshiradi, natijada tana bo‘shashib, uxlash osonlashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter