Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir jamiyatda o‘qituvchilar maqomi oshayotganini ta’kidladi

Vazir jamiyatda o‘qituvchilar maqomi oshayotganini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘qituvchi maqomini oshirish va ta’lim sifatini ko‘tarish borasida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

«O‘qituvchilarning o‘rtacha oylik ish haqi 1,5 barobarga oshdi, kasbga taalluqli bo‘lmagan ishlardan ozod qilindi. O‘qituvchilarning hisobotlari 7 tadan 3 taga kamaytirildi. «O‘zavtosanoat» kompaniyasi tomonidan 4 306 nafar o‘qituvchilar uchun avtokredit berildi. Oliy ma’lumotli o‘qituvchilar ulushi 88% yetdi. 5 057 nafar bitiruvchilar oltin va kumush medallar bilan taqdirlandi. 4 788 nafar maktab direktorlari menejerlik kurslarida o‘qitildi», — dedi Sherzod Shermatov.

Shuningdek, vazir bunga qadar so‘rovnomalarda o‘qituvchi kasbini tanlovchilar juda ozchilikni tashkil etganini, o‘qituvchilarning o‘z farzandlarini o‘qituvchi bo‘lishini esa xohlamasliklari achinarli holat deya qayd etdi. Uning fikricha tizimda amalga oshirilgan islohotlar natijasi o‘laroq o‘qituvchilarning maqomi oshib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring