Vazirlar Mahkamasi apparati qanday tarkibiy bo‘linmalarga ega bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qaror bilan quyidagi tuzilmalar tasdiqlandi:
- Bosh vazirning kotibiyati, protokol xizmati va matbuot xizmati;
- Hukumatning Oliy Majlisdagi Vakolatli vakili kotibiyati;
- Xalqaro hamkorlik bo‘limi;
- Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi;
- Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari
- kotibiyati;
- Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati;
- Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari kotibiyatlari;
- Hukumat apparati boshqaruvchisi, uning o‘rinbosarlari, kotibiyatlari va Hukumatning funksional bo‘linmalari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter