Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vetnamda sayyohlik kemasi halokatga uchrab 35 kishi halok bo‘ldi

Vetnamda sayyohlik kemasi halokatga uchrab 35 kishi halok bo‘ldi

Vetnam politsiyasi mamlakat shimolidagi Janubiy Xitoy dengizida joylashgan Xalong ko‘rfazida sayyohlik kemasining cho‘kishi sabablarini o‘rganmoqda.

«Politsiya qonunga muvofiq hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tezkor surishtiruv ishlarini olib bormoqda», – dedi provinsiya politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Ku Kuok Txang.

 Ku Kuok Txangning aytishicha, cho‘kib ketganlarni qidirish uchun barcha vositalar safarbar qilinadi. Politsiya va favqulodda vaziyatlar kuchlari 10 kishini qutqarib, 35 qurbonning jasadini topgan. Zaruriy sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng, shu paytgacha topilgan barcha qurbonlarning jasadlari dafn qilish uchun qarindoshlariga topshirilgan.

So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt kishi hamon bedarak. Aniqlanishicha, bort raqami QN-7105 bo‘lgan kruiz kemasi bortida 49 kishi (20 nafardan ortiq bolalar), jumladan 46 nafar sayyoh va 3 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ularning barchasi Vetnam fuqarolari.

Kuchli shamol va yomg‘irli noqulay ob-havo sharoitida halokat joyida qidiruv-qutqaruv ishlari tun bo‘yi davom ettirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring