Vinisius ajdodlari kimligini bilib oldi
Braziliya terma jamoasi va «Real Madrid» futbolchisi Vinisius Junior o‘z ajdodlari kimligini bilib oldi. DNK-test uning bobokalonlari Afrikaning Kamerun mamlakati hududida yashaganini tasdiqladi.
Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) bir kompaniya bilan loyihani yo‘lga qo‘ygan, unga ko‘ra, futbolchilar o‘z ildizlari qayerga borib taqalishini bilib olishlari mumkin edi. Urugvayga qarshi o‘yin oldidan Vinisiusga ajdodlari kimligini tasdiqlovchi sertifikat rasman topshirildi.
«Junior o‘z o‘tmishiga astoydil qiziqadi. Biroq kelib chiqishi afrikalik bo‘lgan ko‘pchilik odamlar singari uning ajdodlari tarixi ham irqchilik va quldorlik tufayli o‘chirib tashlangan. DNK-test Vinisiusning ajdodlari Kamerun hududida yashagan tikar qabilasiga mansubligini ko‘rsatdi», — dedi tadqiqot markazi rahbari Jina Peyj.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter