«Virus kimlardan yoki qaysi kasb egalaridan yuqmoqda?» – Bosh prokuratura vakili aniqlik kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i, adliya katta maslahatchisi Sodiqjon Berdialiyev AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda ishtirok etgani xabari berilgandi.
Mulozim mavjud holat va amalga oishirilayotgan ishlar xususida axborot berar ekan, tez-tez yangrayotgan «virus infeksiyasi kimlardan yoki qaysi kasb egalaridan yuqmoqda?» mazmunidagi savolga to‘xtalib o‘tdi.
S.Berdialiyevga ko‘ra, o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirda kasallik yuqtirishi mumkin bo‘lgan xavfli guruhlar quyidagilardir;
1-xavfli guruh - bozorlarda va savdo do‘konlarida savdo qilayotgan sotuvchilar;
2-xavfli guruh - uy sharoitida va boshqa joylarda karantinda saqlanib turgan fuqarolar;
3-xavfli guruh - xizmat zaruriyati tufayli ko‘plab fuqarolar bilan muloqotda bo‘layotgan shaxslardir.
Shu sababli har bir fuqaro barcha joyda o‘zini juda ehtiyot qilishi lozim. Bir narsani aniq bilish kerakki, hozirgi kunda hech kimga, jumladan, menga ham va Sizga ham kasallik yuqmay qolishiga kafolat yo‘q. Buning birdan bir yo‘li vrachlar tavsiyasiga amal qilish, uyda qolish va muloqatlarni keskin cheklashdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter