Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari o‘qituvchilar hamon majburiy mehnatga jalb etilayotganini aytdi (video)

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari o‘qituvchilar hamon majburiy mehnatga jalb etilayotganini aytdi (video)

Kadr: «O‘zbekiston» telekanali

Kecha, 13-iyul kuni «O‘zbekiston» telekanali orqali «Munosabat» tok-shousi efirga uzatildi. Ko‘rsatuvda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Umarov boshchiligidagi mutasaddilar hamda ekspertlar ishtirok etdi.

Alisher Umarovning aytishicha, bugungi kunda o‘qituvchilar turli ko‘rinishdagi majburiy mehnatga jalb etilmoqda.

«O‘qituvchilar elektr puli to‘lanmayotgani haqidagi kvitansiyalarni tarqatib yurishibdi. O‘qituvchilar avgust oyida mahallalarga borib, oilalarning ajralmasligi uchun targ‘ibotchi ekan.

Yoki direktorlarni qidirsak, ular yo‘q. Qayerda? Majlisda. «Mayli, men vazir o‘rinbosariman, keyinroq kelaman deb, qaytib kelsam, yana yo‘q. Qani desam, keyingi majlisga ketdi deyishdi. Xalq ta’limi sohasidagi xodimlar agar boshqa joyda bo‘lsa, bolalarimiz kim bilan qoladi, ularga kim ta’lim beradi?», — deya ta’kidladi vazir o‘rinbosari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring