Xitoy davlat siri bo‘yicha choralarni keskin kuchaytirmoqda
Xitoy davlat sirlariga kirish huquqiga ega bo‘lgan hukumat amaldorlariga nisbatan qoidalar va tekshiruvlarni kuchaytirdi. Bu haqda South China Morning Post yozmoqda.
«Yangi qoidalar Xitoyning keng davlat sektorida ishlaydigan amaldorlar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi», deyiladi ushbu xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu qoidalar «davlat sirlarini yaxshiroq himoya qilish uchun ishlab chiqilgan». Qoidalar davlat siri bilan ishlaydigan xodimlarni yanada qattiqroq tekshirishni nazarda tutadi.
Mualliflarning fikricha, yangi qoidalar Xitoy haqida turli ma’lumotlarni olishi mumkin bo‘lgan xorijiy raqobatchilardan himoya qilish uchun zarur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter