Xitoyda kuchli zilzila yuz berdi: qurbonlar bor

Xitoy janubi-g‘arbida joylashgan Sichuan provinsiyasida magnitudasi 6,0 ballga teng zilzila sodir bo‘ldi. Kamida uch kishi halok bo‘lgan, 60 ga yaqin kishi jarohat olgan, deyiladi «Sina» axborot portali bugun, 16-sentyabr kuni tarqatgan xabarda.
Xitoy seysmologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, yer osti silkinishlari Lusyan uyezidagi aholisi 4,3 kishini tashkil etuvchi Luchjou shahrida mahalliy vaqt bilan soat 04:33 da qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km. chuqurlikda joylashgan. Mahalliy vaqt bilan soat 04:55 da ham bu yerda yer qimirlashi (2,8 ball) kuzatilgan.
Qutqaruv-qidiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter