Xitoyda portlash: 19 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Sichuan viloyatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralandi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
«Yibin Hengda» texnologiya firmasida sodir bo‘lgan portlashning sabablari hanuz noma’lum bo‘lib turibdi. Portlash sodir bo‘lgan hududdan olov va quyuq tutun ko‘tarilgan.
Voqeaga joyiga o‘t o‘chiruvchilar guruhi yetib kelgan.
2015-yili Xitoyning port shahri – Tanidagi kimyoviy moddalar omborida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 165 kishi halok bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter