Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoydagi ulkan elektromobillar qabristoni dunyoni hayratga soldi (foto)

Xitoydagi ulkan elektromobillar qabristoni dunyoni hayratga soldi (foto)

Xitoy sharqidagi shaharlardan birining chekkasida taxlab tashlangan elektromobillar kuzov qismlari orasidan butalar o‘sib chiqmoqda. Atrofda o‘nlab boshqa mashinalar chirigan, ularning atroflari ham zich o‘simliklar bilan qoplangan.

Gap elektromobil qabristonlaridan biri - Xitoyning turli hududlarida topilgan eski mashinalarning ulkan to‘planishi haqida ketmoqda.

Tashlandiq elektromobillarning suratlari Bloomberg jurnalistlari tomonidan chop etilgan edi.

Bu holatning yuzaga kelishi bo‘yicha turli farazlar ilgari surildi — go‘yoki davlat yordami uchun hech kimga kerak bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqargan avtomobil kompaniyalarini ayblashdan tortib, elektr motorli avtomobillarning yaroqsizligi haqidagi fikrlargacha.

Muammo bir necha yillardan beri davom etib kelmoqda. Rasmiylar tashlab ketilgan elektromobillar muammosi bilan shug‘ullanishga va’da berishgan, ammo hali muvaffaqiyatga erisha olishmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring