Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazm milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi

Xorazm milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi

«Xorazm milliy tabiat bog‘i tashkil qilish to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (1000-son, 14.12.2019 y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Xorazm viloyatining Urganch, Xonqa, Xiva, Yangibozor va Hazorasp tumanlarida umumiy maydoni 21687,5 gektar bo‘lgan Xorazm milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi.

Tabiat bog‘i Davlat ekologiya qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Shuningdek qaror bilan, Xorazm milliy tabiat bog‘iga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining maydoni hamda tabiat bog‘ining qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari tasdiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring