Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda bino sotaman deb, bir necha kishini chuv tushirgan fuqaro ushlandi

Xorazmda bino sotaman deb, bir necha kishini chuv tushirgan fuqaro ushlandi

Foto:«Tergov.uz»

44 yoshli G.R. 2017-yilning iyun oyidan sentyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 50 yoshli O.R.ning ishonchiga kirib, unga Urganch tumani joylashgan o‘ziga tegishli bo‘lgan 700 kv.m. maydonli noturar binoni sotishini aytib undan jami 59.400.000 so‘m va 3.700 AQSh dollar pullarini olgan.

Ammo O.R.ga 700 kv.m. noturar binoni bermasdan, ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. 

Bundan tashqari G.R., o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, fuqaro B.T.ga har biri 288 kv.m.li ikkita binolarni jami 11.000 AQSh dollariga sotishga kelishib, undan jami 24.400.000 so‘m va 2.200 AQSh dollar pullarini olgan. so‘ng B.T.ga noturar binoni bermasdan, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab, qasddan firibgarlik jinoyatlarini sodir qilgan.

Jabrlanganlarning arizasiga ko‘ra Urganch tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 23 yanvar kuni fuqaro G.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b»  bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring