Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh qo‘lga olindi

Xorazmda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh qo‘lga olindi

Foto:«O‘zA»

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi  o‘tkazgan tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik moddasini noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
 
Xususan, Urganch shahrida yashovchi fuqaro L.M, Urganch shahri hududida tadbirga jalb qilingan maxsus xaridor R.N.ga 6,6 gr. marixuana giyohvandlik vositasini 700.000 (yetti yuz ming) so‘mga sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
 
Fuqaro L.M.ning jinoiy sheriklarini aniqlash maqsadida olib borilgan tezkor tadbir davomida Urganch shahrida yashovchi Q.R Yangibozor tumani hududida 4,7 gr. marixuana giyohvandlik vositasini 350.000 (uch yuz ellik ming) so‘mga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
 
Shu bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida jinoiy guruhning a’zolari Yangibozor tumanida yashovchi fuqarolar D.B va I.O.lardan jami 563,19 gr. marixuana giyohvandlik vositasi xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.
 
Holat yuzasidan Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring