Xorazmda «Yer mulk kadastr» mutaxassisi 300 dollar pora bilan ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xiva shahar bo‘limi va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘tkazildi.
Unda Xorazm viloyati «Yer mulk kadastr» DK Urganch shahar filiali mutaxassisi Yu.M., fuqaro B.P.ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uning Xiva shahrida joylashgan noturar binosi hujjatlarini turar joy sifatida rasmiylashtirib berishi evaziga 400 AQSh dollari talab qilib, shundan, 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Departament matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Yu.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter