Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana ikki hududda 100 dan ortiq koronavirusga chalinganlar aniqlandi

Yana ikki hududda 100 dan ortiq koronavirusga chalinganlar aniqlandi

2020-yil 19-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 37 112 (+144) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Yangi kasallanish holatlarining 128 nafari Toshkent viloyatida hamda 16 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Uchtepa tumanida yashagan 57 yoshli A.X. (erkak) vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun yurtimizda 721 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog‘ayganlar 32 944 nafar (88 foiz)ga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 3 920 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas