Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi kasallarning deyarli barchasi Toshkentda qayd etildi

Yangi kasallarning deyarli barchasi Toshkentda qayd etildi

2020-yil 17-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35 702 (+189) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 184 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari esa Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 25 yoshli M.R. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytga qadar yurtimizda 31 384 (+411) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 87 foizga yetdi.

Hozirda 4 082 nafar bemor davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring