Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati

Sirdaryo viloyati hokimligi katta majlislar zalida viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev raisligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Shu kunga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Xojimatov Abdug‘affor Tillaboyevich viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Xojimatov Abdug‘affor Tillaboyevich 1967-yil 31-avgustda Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan. 1994-yilda Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Namangan muhandislik-texnologiya instituti muhandisi, Sirdaryo viloyati «Sirdaryo gaz ta’minoti» boshqarmasi yetakchi muhandisi, Sirdaryo viloyati «Guliston gaz taminoti» korxonasi bosh muhandisi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zneftgazinspeksiyasi» Sirdaryo viloyati bo‘limi 1-toifali muhandis-texnologi, yetakchi muhandis-texnologi, bosh texnologi, «Markazgazta’minot» unitar korxonasi Sirdaryo viloyati gaz ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring