Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ona o‘z chaqalog‘ini o‘n ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi

Ona o‘z chaqalog‘ini o‘n ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan DXXning Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbirda o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, fuqaro N.J. (ayol) fuqaro N.ga 2020-yil iyul oyida tug‘ilgan o‘g‘il farzandini 10 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring