Yilning eng ko‘p pul ishlagan aktrisalari ma’lum qilindi

Amerikalik aktrisa Skarlett Yoxansson 2018 yilning eng ko‘p pul ishlagan aktrisasi deb topildi. Aktrisalar reytingi «Forbes» jurnalining saytida e’lon qilindi, deb yozmoqda «Korrespondent.net».
33 yoshli aktrisa bir yil ichida 40,5 million dollar ishlab topgan.
Reytingda ikkinchi o‘rinni 28 million ishlagan Anjelina Joli egallagan. Kuchli uchlikni 19,5 million dollar daromad bilan Jenifer Eniston yakunladi.
Top 10 talikka, shuningdek, Jennifer Lourens, Riz Uizerspun, Keyt Blanshett, Gal Gadot, Juliya Roberts, Mila Kunis va Melissa Makkartnilar ham kirgan.
O‘tgan yili eng qimmat aktrisalar ro‘yxatiga Emma Uotson yetakchilik qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter