Yozyovonlik fuqaro 3 yildan beri elektrdan noqonuniy foydalanib kelgan

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida yashovchi O.Niyozov elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 2015-yil sentabrdan buyon uch yil mobaynida haqini to‘lamasdan ishlatib kelgan.
MIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda O.Niyozov davlat manfaatlariga naqd 34 mln. 243 ming so‘m zarar yetkazgani aniqlangan. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar berdi.
MIB Yozyovon tuman bo‘limi tomonidan unga bir oylik muddat ichida zararni qoplagan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilmasligi haqidagi qonun talablari tushuntirilganida zarar o‘rnini to‘liq qoplab berdi.
Shu asosda O.Niyozov jinoiy javobgarlikka tortilmasdan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter