YPX xodimi cho‘kib ketayotgan odamni qutqarib qoldi

Qashqadaryoda YPX xodimi cho‘kib ketayotgan odamni qutqarib qoldi.
2025-yil 16-iyul kuni soat 16:20 larda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani hududidan o‘tuvchi "Qarshi magistral bosh kanali" oldida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Nodir Mirzayev kanalda cho‘kayotgan fuqaroni ko‘rib qoladi va zudlik bilan ortidan o‘zini suvga tashlaydi.
Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro qutqarib qolinib, unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda uning holati yaxshi, deyiladi Yo‘l harakati xizmati xabarida.
Voqeaga guvoh bo‘lgan fuqaro Maruf Choriyev ham o‘zini suvga tashlab yordam qo‘lini uzatgan.
Avvalroq Qashqadaryoda ikki ayol suvda cho‘kib ketgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter