Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda koronavirusga chalinganlar va qurbonlar soni ko‘payishda davom etmoqda

Yurtimizda koronavirusga chalinganlar va qurbonlar soni ko‘payishda davom etmoqda

2020-yil 11-sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 46 160 (+233) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 117 nafari Toshkent shahrida, 66 nafari Toshkent viloyatida hamda 50 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Parkent tumanida yashagan 62 yoshli X.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli Z.D. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 183 nafar, Toshkent viloyatida 93 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 42 857 (+302) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 926 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring