Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

56 foiz fransuzlar Islom dini fransuz jamiyati normalariga mos kelishini ta’kidladi

56 foiz fransuzlar Islom dini fransuz jamiyati normalariga mos kelishini ta’kidladi

Foto: «lejdd.fr»

Fransiyaning Jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 56 foiz fransuzlar Islom dinining fransuz jamiyati normalariga mos kelishini ta’kidlagan. Bu esa Fransiyada Islomga munosabat o‘zgarayotganidan darak bermoqda, deya xabar qiladi «Yevropa 1» radiosi.

Radioning yakshanba kuni chiqadigan «Journal du Dimanche» nashri uchun 2-3-fevral kunlari o‘tkazilgan so‘rovda qatnashganlarning 56 foizi Islom dini fransuz jamiyati normalariga mos kelishini aytgan bo‘lsa, 43 foiz ishtirokchi aksincha fikrda. Qatnashchilarning 1 foizi bu borada biror-bir javob berishni istamagan. Institut 2016-yil sentyabr oyida ham xuddi shunday so‘rov o‘tkazgan va o‘shanda 56 foiz fransuzlar Islom dini fransuz jamiyati normalariga mos emas, deya javob bergandi. 44 foizi esa buning aksini aytishgan.

Ushbu natijalarga qaramasdan, Islom fransuzlar orasida ularning siyosiy qarashlari tufayli bahsli mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Fransiya Respublikachilar partiyasi tarafdorlarining 63 foizi va Milliy Front partiyasi tarafdorlarining 62 foizi Islom dinini fransuz jamiyati normalariga mos emas deb topgan bo‘lsalar, Sotsialistik partiyaning 73 foiz, Bo‘ysunmas Fransiya partiyasining 60 foiz va amaldagi prezident Emmanuel Makronning Olg‘a, Respublika partiyasining 58 foiz tarafdorlari bu safargi so‘rovda aksincha, Islom fransuz jamiyati normalariga mos keladi, deb javob berganlar.

Telefon orqali o‘tkazilgan ushbu so‘rovda 18 yoshdan yuqori bo‘lgan 1002 nafar kishi qatnashgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring