Saylov-2021: akkreditatsiyadan o‘tkazilgan xorijiy kuzatuvchi va OAV vakillari soni ma’lum bo‘ldi

Bugun Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxo‘jayev boshchiligida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarini akkreditatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
Saylovda xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi MSK qaroriga muvofiq YeXHT huzuridagi Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosidan 9 nafar xalqaro kuzatuvchi ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Shu kunga qadar akkreditatsiyadan o‘tkazilgan xalqaro kuzatuvchilar soni 12 nafarni, mahalliy OAV vakillari soni 802 nafarni, xorijiy OAV vakillari soni 48 nafarni tashkil etayotgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter