Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iguain futbol bilan xayrlashadi

Iguain futbol bilan xayrlashadi

Foto: «Sport-Ekspress»

Madridning «Real», Turinning «Yuventus» klublari sobiq hujumchisi, hozirda «Inter Mayami»da to‘p surayotgan 34 yoshli Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatiga shu yil — MLS mavsumi oxirida yakun yasaydi. Bu haqda uning otasi ma’lum qildi.

«Gonsalo menga shu yil oxirida futbol o‘ynashni bas qilishini aytdi. U keyin ham hayotini futbol bilan bog‘lashini istardim. Bilimi bor, ko‘p jamoalarda o‘ynagan, muvaffaqiyatga erishish hamma narsasi yetarli», — uning otasining so‘zlarini keltirdi «TNT Sports».

Gonsalo Iguain — «River Pleyt» (Argentina) tarbiyalanuvchisi, keyin «Real Madrid»ga o‘tgan. Shuningdek, Yevropaning «Napoli», «Milan», «Chelsi» klublarida to‘p surgan, eng omadli jamoasi — «Yuventus», turinliklar safida 149 o‘yin o‘tkazib, 66 ta gol urgan, 16 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Argentina terma jamoasida (2009–2018-yillar) 75 o‘yin o‘tkazib, 31 ta golni nishonlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring