Jahon futbolining eng yaxshi hujumchilaridan biri vafot etdi

Germaniya terma jamoasi tarkibida futbol bo‘yicha jahon chempioni va Myunxenning «Bavariya» klubining sobiq hujumchisi Gerd Myuller 76 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi «Bavariya» matbuot xizmati.
«Bavariya» yakshanba kuni erta tongda vafot etgan Gerd Myullerga aza tutdi. U 75 yoshda edi», — deyiladi xabarda.
Myuller professional faoliyatini 1960-yillarda «TSV 1861» klubida boshlagan. 1964-yildan 1979-yilgacha «Bavariya» tarkibida o‘ynagan.
Myunxen klubi bilan birgalikda u uch marta Yevropa chempionlar kubogi, to‘rt marta Germaniya chempionligi va kubogi, bir marta Kubok egalari kubogini qo‘lga kiritgan. 1970-yilda Myuller dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter