YI 2027-yildan Rossiya gazi importini taqiqlaydi – Reuters
Yevropa Ittifoqi Kengashi 2027-yildan Rossiyadan gaz importini to‘liq taqiqlashni nazarda tutuvchi qonunni tasdiqladi. Qaror dushanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan vazirlar yig‘ilishida qabul qilindi. Slovakiya va Vengriya ushbu qarorga qarshi ovoz berdi. Vengriya masalani Yevropa sudiga olib chiqishini ham ma’lum qildi.
YEvroittifoqdagi ukrain qochqinlari soni 4,33 millionga yetdi
Dushanba kuni e’lon qilingan Eurostat ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyi oxiriga kelib Yevropa Ittifoqida vaqtinchalik himoya maqomini olgan Ukrainadan kelgan qochqinlar soni 4,33 millionga yetdi (noyabrning o‘zida qochqinlar soni 30 mingga oshgan).
Yevropa: eng yuqori maoshni qaysi davlatda to‘lashadi?
Yil boshi, ayniqsa yanvar oyi, ish joyini almashtirish uchun eng faol davr hisoblanadi. Ko‘plab xodimlar yangi yil va’dalarini bajarishga kirishadi, kompaniyalar esa birinchi chorak uchun kadrlar rejasini qayta ko‘rib chiqadi. Bu jarayonda eng hal qiluvchi omillardan biri — ish haqi miqdori.
Eduards Stiprays YeIning O‘zbekiston bilan viza tartibini soddalashtirish istiqbolini baholadi
O‘zbekiston Respublikasi hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangani tarixiy hodisa deya baholanmoqda. Ostonada o‘tgan xalqaro anjuman doirasida Xabar.uz muxbiri Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashib, yuqori martabali diplomatdan yangi bitimning ahamiyati, O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish imkoniyati haqida qisqa intervyu oldi.
Yevropa Ittifoqi davlatlari: mudofaa xarajatlari eng ko‘p kimda?
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari global xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda mudofaa sohasidagi sarf-xarajatlarni sezilarli ravishda oshirdi. Yevropadagi Mudofaa agentligi (EDA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda YeI davlatlari umumiy hisobda 343,2 milliard yevro mudofaa maqsadlariga yo‘naltirgan. Bu ko‘rsatkich so‘nggi besh yilda deyarli ikki baravar o‘sish demakdir.
Fidan: Turkiya YEvroittifoqdan a’zolik borasida siyosiy iroda kutayapti
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Germaniyaning Welt am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida Anqara Yevropa Ittifoqi (YeI) tomonidan a’zo bo‘lish masalasidagi siyosiy irodani qayta tiklashni kutayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonlik tadbirkor YEvroittifoq sanksiyasiga tushdi
Joriy yilning 23-oktyabrida e’lon qilingan Yevroittifoqning 19-sanksiyalar paketiga o‘zbekistonlik tadbirkor Rustam Mo‘minovni ham kiritildi. U Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lishi mumkin.
Mirziyoyevning Antoniu Koshta va Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Bryusseldagi Yevropa kengashi bosh qarorgohi – «Yevropa» binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bitim O‘zbekiston – Yevropa hamkorligi huquqiy bazasini yangilaydi va kengaytiradi
24-oktyabr kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va YEvroittifoq o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi
Bugun, 24-oktyabr kuni Bryusseldagi Yevropa kengashi bosh qarorgohida O‘zbekiston-Yevropa sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Yetakchilar huzurida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: yangi bitim iqtisodiy sheriklikning arxitekturasini belgilaydi
Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
YEvroittifoq: “Ukraina xalqi o‘z kelajagini o‘zi belgilashga haqli”
AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp hamda Vladimir Putinning uchrashuvi arafasida Yevropa Ittifoqi yetakchilarining Ukrainaga oid bayonoti e’lon qilindi.
YEvroittifoq Xitoyga qarshi sanksiya hozirlamoqda
Yevropa Ittifoqi Rossiyani harbiy jabhada qo‘llab-quvvatlagani sabab Xitoyga qarshi sanksiya joriy etmoqchi. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.
«Yevropa Ittifoqi bizni masxara qilyapti». Tramp Yevropaga savdo urushi e’lon qildi
Donald Tramp 1-iyundan boshlab Yevropa Ittifoqining barcha tovarlariga 50 foizlik boj joriy etilishini ma’lum qildi. U bu haqda o‘zining Truth Social platformasida yozgan va Bryusselni savdoga adolatsiz yondashishda ayblagan.
YeI O‘zbekistonda davlat xizmatlarini takomillashtirishga 5 mln yevro ajratdi
O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirishga qaratilgan loyiha ishga tushirildi.
Trampning boji Yevropani Xitoy bilan yaqinlashtirishi mumkin
Pedro Sanchesning fikricha, Vashingtonning xatti-harakatlari Yevropaning yangi sheriklarni topishga yondashuvini o‘zgartirishi zarur.
YEvroittifoq AQSh bojlariga javob berishga tayyor – Yevrokomissiya rahbari
Yevrokomissiya rahbari AQSh hukumati joriy qilgan savdo bojlarini «butun dunyo biznesi va iste’molchilariga jiddiy zarba» deb atadi.
Isroilda o‘zini himoya qilish huquqi bor, ammo harbiy harakatlar mutanosib bo‘lishi kerak – Kaya Kallas
Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas dushanba kuni G‘azoda janglar qayta boshlanganidan so‘ng Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi.
YEvroittifoq: Gruziya tarixiy imkoniyatdan foydalanmadi
Yevropa Ittifoqi parlamenti Gruziya hukumatining YeIga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaratilgan harakatlarni to‘xtatganidan taassufda.
YEvroittifoq elchisi ishga qanday transportda boradi?
Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi yangi elchisi Toyvo Klaar o‘zbekistonliklarni ko‘proq velosiped va jamoat transportidan foydalanishga undadi.
Evroittifoq Raisiy bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda – Sharl Mishel
Yevroittifoq rahbari Sharl Mishel tashkilot Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning vertolyotda halokatga uchragani bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini ta’kidladi.
Oq uy YEvroittifoqdan hududi orqali o‘tayotgan o‘zbeklarni qattiq nazorat qilishni so‘ramoqda
Ya’ni, AQSh rasmiylari Yevropa Ittifoqidan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun aeroportlarda tranzit vizalar joriy etishni talab qilmoqda.
Evroittifoqning Rossiyaga qarshi 11-sanksiyalar paketi kuchga kirdi. Unda O‘zbekiston ham bor
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan 11-sanksiyalar paketini e’lon qildi.
Sanksiyalarni aylanib o‘tishda Rossiyaga qo‘shnilari ko‘maklashyapti – Financial Times
Yevropa Ittifoqi va uning ittifoqchilari Yevropadan Rossiyaga qo‘shni bo‘lgan davlatlarga tovarlar eksporti keskin o‘sganini payqab qoldi. Ular qo‘shni davlatlar ushbu tovarlarni Rossiyaga sotish orqali Yevropa sanksiyalarini chetlab o‘tishga urinayotgan bo‘lishi mumkin, deya gumon qilishmoqda.
«Shafqatsiz haqiqat shuki... » – Yevropa bosh diplomati muhim masalada bayonot berdi
Dunyoda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat tobora yomonlashmoqda, deydi Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel. Bu esa haq-huquqlar muhofazasi yo‘lida qat’iy chora-tadbirlarni talab etadi.

