Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jismoniy tarbiya va sport vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

12/10/2020

Prezidentning maxsus qarori bilan Karimov Avazjon Qudratillayevich jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bodibilding va fitnes bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start olmoqda

13/09/2020

Musobaqa to‘rtta asosiy yo‘nalishda tashkil etiladi.

O‘zbekiston terma jamoasiga rossiyalik futbolchi chaqirildi

28/07/2020

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida o‘tkazadi.

Superliga qachondan davom etishi aniq bo‘ldi. Endi u o‘zgacha ko‘rinishda bo‘ladi

24/07/2020

Xabaringiz bor, oldinroq O‘zbekiston Superligasining 10-tur uchrashuvlari qoldirilgani haqida ma’lumot bergan edik.

Madrimov tez orada AQShda jang o‘tkazadi

16/07/2020

Boks bo‘yicha Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionati g‘olibi, professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan iste’dodli bokschimiz Isroil Madrimov yaqin kunlar ichida AQShda navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Karantin — dam olish degani emas. Og‘ir atletikachilar xalqaro musobaqada ishtirok etadi

16/07/2020

Hozirgi pandemiya davrida barcha soha vakillari ish faoliyati masofaviy ishlash tizimiga o‘tkazilgan. Shular qatori sport sohasida ham mashg‘ulotlar onlayn olib borilmoqda. Ba’zi sport turlari bo‘yicha federatsiyalar esa tabiat qo‘ynida mashg‘ulotlarni davom ettirish uchun yo‘l olishgan.

Osiyoda yana bir musobaqa koronavirus tufayli qoldirildi

13/07/2020

Joriy yilning 28 noyabr – 6 dekabr kunlari Xitoyning Sanya shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Osiyo sohil o‘yinlari keyingi yilga qoldiriladi. Bu haqda Osiyo olimpiya kengashining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Belarus chempionatini titratayotgan Jasur Yaxshiboyev jamoasini o‘zgartirdi

11/07/2020

Joriy yildan e’tiboran Belarus chempionatida harakat qilayotgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev o‘z jamoasini o‘zgartirdi. Asli transfer huquqi «Paxtakor» klubiga tegishli bo‘lgan hamyurtimiz avvaliga ijara asosida «Energetik-BGU» klubi safida o‘ynadi.

Ravshan Ermatov suv sporti turlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

02/07/2020

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi trenerlar kengashining ochiq yig‘ilishi o‘tkazildi.

Pandemiya va sport. Xiva tumanida zamonaviy majmua yoshlar ixtiyoriga topshirildi

02/07/2020

Xorazm viloyati Xiva tumani «Gulshan» mahallasi yoshlari jismoniy tarbiya va sportni juda sevadi. Ta’bir joiz bo‘lsa aytish kerak, mahallaning sport bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlari qishning sovug‘ida, yozning jazirama issig‘ida bir necha chaqirim yo‘l bosib Xiva shahridagi bolalar-o‘smirlar sport maktabiga qatnashardi.

«Yashil» hududlarga sport qaytmoqda: «Mahallada futbol», «Futbolimiz kelajagi», «Rahbar kubogi» va «Hokim kubogi» o‘tkaziladi

26/06/2020

Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq shu yil 20 iyuldan boshlab mamlakatimizning «yashil» hududlarida sport musobaqalari boshlanadi.

Chim ustida xokkey federatsiyasida lavozim saylovi amalga oshirildi

21/06/2020

2020 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Qosimov Oybek boshchiligida O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda federatsiya a’zolari, sportchilar xamda sport mutasaddilari ishtirok etishdi.

Bugun O‘zbekistonda «Olimpiya kuni» nishonlandi

20/06/2020

«23 iyun – Xalqaro Olimpiya kuni». Bu sana butun dunyoda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tashkil topgan kun sifatida 70 yildan ortiq vaqt davomida katta shodiyona bilan nishonlab kelinadi.

Adekvat matbuot kotiblari haqida

20/06/2020

Kecha Kun.uz saytida Buxoroning Peshku tumanidagi sport maktablarining birida majburiy mehnatga jalb qilinish bo‘yicha bir maqola chiqqan edi. Uni o‘qib asabim o‘ynab, post yozmoqchi edim kechroq. Ammo hayron qolarli yeri shundaki o‘sha maqola chiqqach oradan bir soat o‘tib Sport vazirligi masalani joyida o‘rganib, muammoni hal qilib o‘zini saytida bu haqida yozib chiqishga ham ulguribdi.

Peshku tuman BO‘SM xodimlarining majburiy mehnatga jalb etilgani yuzasidan rasmiy bayonot berildi

19/06/2020

Bugun, 19 iyun kuni Kun.uz sayti orqali Peshku tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabida trenerlar majburiy mehnatga jalb qilinganligi to‘g‘risida xabar e’lon qilindi.

Bugun «Olimpiya kuni» tadbirlari doirasida virtual yugurish musobaqasi o‘tkazilmoqda

18/06/2020

23 iyun butun dunyoda «Olimpiya kuni» sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan mamlakatimizda ham bir qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Endi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari uch yilda oliy ma’lumotli bo‘lishadi

14/06/2020

«2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori bilan sport sohasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish maqsadida «Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati uch yil etib belgilandi.

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisiga yangi o‘rinbosar saylandi

12/06/2020

Kecha, 11 iyun kuni videokonferensiya dasturi orqali onlayn tarzda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasining navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

«Faxriy murabbiy» ordeni ta’sis etildi

10/06/2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 9 iyun kuni O‘RQ–622-sonli «Faxriy murabbiy» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida»gi Qonunni imzoladi.

Bahraynda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga keyingi hafta qura tashlanadi

09/06/2020

Joriy yilning kuz faslida Bahraynda bo‘lib o‘tadigan U-16 Osiyo chempionati uchun qur’a tashlash marosimi 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Yana