Prezident kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qaror chiqardi
“Og‘ir” mahallalarda kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish orqali kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–51-son, 09.02.2026 y.) qabul qilindi.
“Og‘ir” tuman va mahallalar barqaror elektr bilan ta’minlanadi
“Og‘ir” tuman va mahallalarda aholini ishli qilish hamda daromadini ko‘paytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
“Hokimlar eshitib olsin"... O‘zbekistonda salkam mingta “og‘ir” mahalla aniqlandi
Endilikda viloyat hokimlari “og‘ir” tumanga 10 milliard so‘mdan, 903 ta mahallaning har biriga 1 milliard so‘mdan ajratadi.
“Hech bir vazir, hokim, bankir “yettilik”ni bahona qilishga haqqi yo‘q” — Shavkat Mirziyoyev
“Yettilik” va bankir odamlar muammosini hal qilmayotgan bo‘lsa, demak, shu yerda tizim ishlamayapti.
Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026 yildagi asosiy vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Ijtimoiy himoyadan ijtimoiy rivojlanishga: kambag‘allikni qisqartirishning o‘zbek tajribasi
BMT ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 1 milliard 100 million aholi kambag‘allikda umr kechirmoqda.
Qariyb 1,5 mingta mahalla «kambag‘allikdan xoli» hududga aylantirildi – vazir
Bu haqda Parlament Quyi palatasida 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitilgan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.Zohidov ma’lum qildi.
Dunyo boyliklarining 75 foizi — ularning qo‘lida
Tengsizlikni qisqartirish nafaqat adolat masalasi, balki iqtisodiyot barqarorligi uchun ham zarur.
Hokimlarga joylarda milliy brendlar filialini tashkil etishiga ko‘maklashish topshirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda ta’kidlanishicha, sohil va yo‘l bo‘yida servisni rivojlantirish bo‘yicha 500 ta mahalla tanlab olingan.
2026 yilda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun 20 trln so‘m ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda kelgusi yil uchun vazifalarni belgilab berdi.
Bandlik masalasida kamchilikka yo‘l qo‘ygan 20 ta hokimlikka chora ko‘riladi
Ayni paytda Prezident rasiligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ayrim tuman hokimlari bandlik masalalarida jiddiy kamchiliklar va ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
«London post»: O‘zbekiston ijtimoiy himoya tizimini yangi bosqichga olib chiqdi
Britaniyaning mashhur «London post» yangiliklar portalida O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoyaning yangi modeli tajribasi haqida maqola chop etildi.
Jahon banki O‘zbekistonda ish o‘rinlari yaratish uchun $800 mln ajratadi
Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishda davom etish, ish o‘rinlarini yaratish, xususiy sektorni rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyotining strategik muhim tarmoqlarida raqobatni kuchaytirishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kreditlar ko‘rinishidagi 800 mln dollarlik moliyaviy paketni ajratishni ma’qulladi.
Kambag‘al oilalarga kredit ajratish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan «Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
2030-yilga borib O‘zbekistonda mutlaq kambag‘allikka to‘liq barham berishga barcha imkoniyatimiz bor — Prezident
O‘zbekistonda yettita ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga olgan «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonning 7,5 million aholisi kambag‘allikdan chiqarildi
Kambag‘allik darajasi 2024-yilda 8,9 foizga tushirildi, yil yakunigacha uni 6 foizgacha kamaytirish maqsad qilingan.
Ayrim oilalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi
«Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim toifadagi oilalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
«Reyestr»dagi ayrim oilalarga bog‘chaga boradigan farzandi uchun moddiy yordam beriladi
Hukumatning 484-son iarori bilan «Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Qarshi, Shahrisabz shaharlari va Kitob tumanini «ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hudud»ga aylantirish mo‘ljallangan
Prezident bandlikda ishga solinmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib berdi.
Birinchi yarim yillikda 722 ming kishini kambag‘allikdan chiqarish reja qilingan
Mablag‘ va sharoit bo‘lsa-da, bandlik rejasi 15 ta tumanda to‘liq bajarilmaga.
Kambag‘al oilalarga 100 dan ortiq turdagi yordam va xizmatlar taqdim etiladi
Davlat rahbariga kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va turlarini kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.
Kambag‘al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi
Bu haqda bugungi Prezident Mirziyoyevning mamlakat yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tildi.
kambag‘allik darajasi eng ko‘p Buxoro va Samarqandda qisqargan
Kambag‘allik darajasining pasayishi respublikaning barcha hududlarida kuzatilmoqda.
Ayrim oilalarga subsidiya ajratiladi
2025-yil 1-apreldan «Yoshlar daftari» jamg‘armalari orqali, 2025 yil 1 sentyabrdan esa «Ayollar daftari» jamg‘armalari orqali to‘lanadigan bir martalik moddiy yordamlar o‘rniga kam ta’minlangan oilalar uchun nazarda tutilgan nafaqalar to‘lanadi.
O‘zbekistonda o‘tgan yili kambag‘al oilalar soni 719 mingga kamaydi
2024-yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi (3,3 mln. kishi yoki 2023 yilga nisbatan 719 mingga kamaygan).
Kambag‘al oilalar a’zolarini kasblarga o‘qitish maqsadida stipendiyalar ajratiladi
Kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi.
60 ta tuman va shahar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi – Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash va yangi yondashuvlar asosida kambag‘allikni qisqartirishga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
Faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish tartibi belgilandi
Hukumatning joriy yil 27-dekabrdagi 892-son qarori bilan «Faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Banklar shartsiz 300 million so‘m kredit beradi
Bu orqali kelgusi yillarda 1,5 million aholini ishli qilish mumkinligi ta’kidlandi.
Alisher Muratov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi
Biznesni rivojlantirish bankida boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, avvalroq boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan Alisher Muratov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Mahallalardagi obro‘-e’tiborli nuroniylar kambag‘al oilalarga biriktiriladi
Bu haqda joriy yil 25-noyabrda imzolangan PQ-405-son «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida gap boradi.
2025-yilda kambag‘allikni qisqartirishga jami 20 trln so‘m mablag‘ ajratiladi
Qonun loyihasining konsepsiyasi yuzasidan Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’ruza qildi.
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining asosiy vazifalari belgilandi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi
Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi
«Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Qarori (PQ-347-son, 04.10.2024 y.) qabul qilindi.
Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik uchun 30 mln so‘mgacha garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi
Joriy yil 23-sentyabr kuni qabul qilingan PQ-330-son qaror bilan AT «Xalq banki» va «Mikrokreditbank» ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida kambag‘al oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratadi.
Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi
2024 yil 1 dekabrdan «mahalla yettiligi» tomonidan kambag‘al oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambag‘allikka tushish sabablarini o‘rganish natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi.
Prezident farmoni: Aholi turmush farovonligi yanada oshiriladi
«Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF-143-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi.
Endi kambag‘al oilalarga dehqonchilik va bog‘dorchilik uchun yer ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tayotgan yig‘ilishda kambag‘al oilalarga dehqonchilik va bog‘dorchilik uchun 50 ming gektar yer ajratish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.
Muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik. Hammasi o‘zingizga bog‘liq!
Boy boyligicha, kambag‘al kambag‘alligicha qoladi. Bu gapni ko‘p eshitamiz.
O‘zbekistonda uch yil ichida bolalar kambag‘alligi qariyb 12 foizga kamaygan
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi BMT Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda bolalar o‘rtasidagi kambag‘allik darajasini baholash, shuningdek, ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini tahlil qildi.
Prokuraturada yangi bo‘linma tashkil etiladi
«Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF-136-son, 11.09.2024 y.) qabul qilindi.
50 ming gektar yer 100 mingta kambag‘al oilaga bo‘lib beriladi
Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birgalikda bu orqali kamida 200 ming aholini band qilish topshirildi.
Shavkat Mirziyoyev: «Bundan buyon kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi»
Bugungi yig‘ilishda, davlat rahbari kambag‘allikka tushish sabablari har xil ekan, yechimi ham alohida-alohida bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib o‘tdi.
Prezident kambag‘allikni qisqartirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan 30 ga yaqin tuman rahbarlarini tanqid qildi
Prezident ishtirokida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida, jumladan, mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik loyihalariga 35 trillion so‘m arzon kredit, 7 trillion so‘m subsidiya berilgani ta’kidlandi.
Prezident Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirishga doir yig‘ilish boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
O‘zbekistonda kambag‘allik 11 foizga kamaygan
Jahon banki ekspertlari xulosalariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik o‘tgan yilga nisbatan 3,1 foizga qisqargan (2022 yilda kambag‘allik darajasi 14 foiz).
«Qatortol»da kunu tun ishlaydigan turistik ko‘cha, «Bo‘rijar» kanalida gastronomik sayilgoh, «Chilonzor City» va boshqalar — Chilonzorni kambag‘allikdan chiqarish dasturi e’lon qilindi
Qaror bilan Chilonzor tumanini 2024 yilda rivojlantirish, kambag‘allikdan holi hududga aylantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilangan.
Yil oxirigacha O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 12 foizga tushiriladi
Rejaga ko‘ra, 2023 yil so‘nggiga qadar 127 ming 500 ta oila kambag‘allikdan chiqarilishi kutilmoqda.
«Davlat qancha harakat qilmasin, mag‘lublar kambag‘al bo‘lib qolaveradi» – Alisher Qodirov
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov O‘zbekistonda kambag‘allik statistikasining tan olinishi hamda kambag‘allik tushunchasi haqida post yozib qoldirdi.
O‘zbekistonda «kambag‘allik chegarasi» yangilandi
Qayd etilishicha, Jahon tajribasida minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan va mazkur ko‘rsatkichdan bir qator maqsadlarda foydalaniladi.
O‘tgan yili bir million kishi kambag‘allikdan chiqarilgan
Joriy yil boshida tumanlar 5 ta toifaga ajratilib, har biriga sharoitiga qarab yengilliklar berildi.
Samarqand, Andijon va Sirdaryoda yangi tayinlovlar
Har uch yangi rahbar bungacha o‘z viloyatlari Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmalarini boshqargan.
2023-yilda yana 1 million aholini kambag‘allikdan chiqarish vazifasi qo‘yildi
Shavkat Mirziyoyev 1-aprelga qadar har bir viloyatda kamida 5 tadan mikromarkazni ishga tushirish zarurligini ta’kidladi.
2023-yilda kredit miqdori oshiriladi
Prezident oilaviy tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish maqsadida moliyaviy ko‘mak ko‘lami kengaytirilishini ta’kidladi.
Yangi vazirlikka Xitoydan ekspertlar jalb qilinmoqda — Prezident
Kambag‘allik ko‘rsatkichlari respublika bo‘yicha yaxshilangan bir paytda, Navoiy, Surxondaryo va Farg‘onada o‘zgarish sezilmayotgani ta’kidlandi.
AKT kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadi oshishida yordam beradi
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari AKT O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini pasaytirishga qanday ta’sir qilishini baholashdi.
«Navoiy kambag‘allikdan holi hududga aylanishi shart» — Prezident
Navoiyda 2023-yilda ijtimoiy muammolarni hal etishga qo‘shimcha 655 milliard so‘m, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga yana 750 milliard so‘m resurs ajratiladi.
Tadqiqot: kambag‘allik qanday mezonlar asosida baholanadi?
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari kambag‘allik masalasi bo‘yicha aholi fikrini o‘rgandi.
«kambag‘allikni kamida 2 barobarga qisqartiramiz» — Prezident
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.
Prezident kambag‘allikni 2 baravar qisqartirish yo‘lini aytdi
Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston kambag‘allikni yo‘qotish uchun Yaponiya bilan hamkorlik qiladi
Tadbirda Yaponiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari vakillari va tashqi ishlar idoralari rahbarlari ishtirok etgan.
kambag‘allikning yangi chegarasi belgilandi
2021 yilda respublikaning barcha hududlarida 10,6 ming uy xo‘jaliklari o‘rtasida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari asosida minimal iste’mol xarajatlari qiymati hisoblandi.
Prezident kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi
Kelgusi yilda 80 ming gektar maydon aholiga ajratilishi belgilangan
Xitoy kambag‘allikdan qanday qutuldi?
Hukumat rahbari Si Szinpin Xitoy BMTning 2030 yilgacha qashshoqlikka qarshi global kurash dasturining 70 foizida hissasi bor, deb ta’kidladi.
Togoda kambag‘allik sun’iy yo‘ldosh orqali aniqlanadi
G‘arbiy Afrika mintaqasida joylashgan Togo kompaniyasi Novissi(birdamlik) deb nomlangan maxsus yordam dasturini ishga tushirdi, u sun’iy intellekt yordamida Covid-19 pandemiyasi tufayli kambag‘allashgan odamlarni aniqlaydi.
Prezident kambag‘allikni qisqartirish masalasiga yana bir bor to‘xtaldi
«Mahallabay» ishlash bo‘yicha yangi tizimni tashkil etish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Siz O‘zbekistonda qachondan buyon yashayapsiz? — Mutasaddi «5600 so‘m» haqida aytgan gapiga izoh berdi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimovning kambag‘allik chegarasi haqida bergan intervyusi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Mutasaddi bu borada maxsum matbuot anjumanida ishtirok etdi va jurnalist hamda blogerlar tadqiqot mazmunini tushunmaganini aytib o‘tdi.
kambag‘allik aybmi yoki ayb emas? Unga nima sabab bo‘ladi? Tavakkalchilik va tajriba
Kambag‘allikka nima sabab bo‘lishi mumkin? Ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, boquvchisini yo‘qotish, ishsizlik va yana bir talay muammolar. Hammasini bir qarashda ilg‘ab bo‘lmaydi. Nechta oila bo‘lsa, shuncha taqdir, shuncha muammo bor.
kambag‘allik chegarasi Toshloq tumani misolida sinovdan o‘tkaziladi
Bugun, 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
«kambag‘allik ro‘yxatini tuzish emas, sabablari bilan ishlash kerak!» Senat raisi aholi takliflarini keltirdi
Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi davom etmoqda. Yig‘ilish avvalida Senat raisi kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha fikr bildirib o‘tgan edi.

