MIBdan qochgan qarzdor soxta uchrashuvda qo‘lga tushdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi chiqargan hukmga asosan, qarzdor M.O.dan undiruvchi T.M. foydasiga ikki nafar farzandlari voyaga yetguniga qadar har oyda qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlaridan 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Nukusda soliqdan qarzdor «metan zapravka» auksionda sotib yuborildi
Nukus tumanida joylashgan «Max Service Gaz» MChJning 2,6 mlrd so‘mdan ortiq soliq qarzdorligiga doir ish Majburiy ijro byurosi Nukus tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Toshkentda kredit qarzdorligi uchun fuqaroning uylari olib qo‘yildi
Majburiy ijro byuroning Toshkent shahar Olmazor tuman bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasi asosida «M.S.» MChJdan undiruvchi «BRB» ATB foydasiga jami 7,9 mlrd so‘m kredit qarzdorligini undirish bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirilmoqda.
Namanganda «Kopeyka» raqamidagi Malibu qo‘lga tushdi
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjati asosida qidiruv e’lon qilingan Malibu rusumli, davlat raqami 50* 020** bo‘lgan avtotransport vositasi haydovchisining qonunni chetlab o‘tishga uringan harakatlari aniqlandi.
Fuqaro haydovchilik huquqidan ayirilgandi. Endi mashinasi...
Fuqaro M.A. o‘zining «Lacetti» rusumli avtotransportida spirtli ichimlik ta’sirida boshqargani uchun sudning tegishli qarori bilan 1 yilu 6 oy muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilingan va 8,5 mln so‘m jarimaga tortilgan.
Quruvchi firmadan fuqarolar foydasiga 1,1 mlrd so‘m undirib beriladi
FIB Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ijro hujjatlariga ko‘ra, 10 nafar undiruvchi fuqarolarning foydasiga qarzdor qurilish tashkilotidan jami 1 mlrd 88 mln 872 ming so‘m qarz summalarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar M.Ulug‘bek tuman bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.
Buxoroda fermerlar haqi tiklandi
Ta’kidlanishicha, Jondor tumanida faoliyat olib borayotgan «Jondor cotton cluster» mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda «Yusuf Ilhom Miraziz» va «Javlonov agro 2020» fermer xo‘jaliklari o‘rtasida nizo kelib chiqqan. «Jondor cotton cluster» shartnoma asosida o‘z zimmasidagi barcha majburiyatlarni to‘liq bajarib kelgan fermer xo‘jaliklari mablag‘larini to‘lab bermay, paysalga solib kelgan.
Ikki xotinni «qo‘ygan» qarzdor mashinasi bilan ham «ajrashadigan ko‘rinadi»
Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida yashovchi 39 yoshli F.Q. ikki bor oila qurdi, ammo har ikki turmushida ham kelishmovchiliklar sabab ajrashishga majbur bo‘ldi. Birinchi va ikkinchi nikohidan dunyoga kelgan ikki nafar farzandining ta’minotiga esa befarqlik bilan qaradi.
«Daraxtkesar»ning qidiruvdagi avtomashinasi omborxonadan topildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha sud hukmiga ko‘ra, Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro A.T. tomonidan daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish orqali atrof-muhitga katta miqdorda zarar yetkazilgan edi.
Samarqandda qarzdorning 4,6 mlrd so‘mlik mulki savdoga chiqarildi
Samarqand shahridagi «A.S.» MChJ tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida mahalliy banklarning biridan kredit olgan. Biroq korxona kredit shartlarini bajarmaganligi sababli 4 mlrd 650 mln so‘m miqdorida muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan.
Ayol o‘ziga aliment to‘lashi kerak bo‘lgan erini «MIBchi»lardan yashirib qo‘ydi
Majburiy ijro byurosining Jizzax shahar bo‘limi tomonidan farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab, davlat ijrochisi huzuriga kelishdan bosh tortgan qarzdor B.D.ga nisbatan muqaddam qidiruv e’lon qilingan.
Navoiyda FVB rahbari, Surxondaryoda MIB mansabdorlari ushlandi
Poytaxtda esa ikki advokat qo‘l tushgan.
«Kasalni yashirsang…» – noqonuniy yo‘l bilan tilla olib kirishga urinish fosh bo‘ldi
Farg‘ona viloyati So‘x tumani sudida fuqaro G.M.ning Turkiyadan 122,84 gramm zargarlik buyumlarini bojxona orqali deklaratsiya to‘ldirmasdan olib o‘tishga urinishi ortidan olib qo‘yilgan qimmatbaho buyumlarini qaytarib olishiga doir ish ko‘rib chiqildi.
Namanganda kredit qarzdorligi uchun to‘yxona xatlandi
Namangan shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan «M.P.» MChJ tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida katta miqdordagi kredit oladi. Biroq, mablag‘ni olib, to‘lovlarni qaytarish majburiyati bajarilmaydi. Natijada bank da’vo bilan sudga murojaat qilib, qarzdorlikni qaytarish bo‘yicha yakuniy qaror chiqadi.
Toshkentda ota 2,4 mlrd so‘mlik alimentni to‘lab berdi
Ko‘rsatilgan pul uy ko‘rinishida undiruvchiga to‘lab berildi.
Farg‘onada «Shumaxer opa»dan yetkazilgan zarar undirib olindi
Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida sodir bo‘lgan avtohalokatda qoidabuzar ayol haydovchining xatti-harakati oqibatida boshqa bir haydovchi jabr ko‘rdi.
Undiruv qarzdorga taqiq va cheklovlarni qo‘llamagan holda amalga oshiriladi – loyiha
Parlament Quyi palatasi majlisida ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.
MIB xodimi 6 yilga qamaldi
20 million so‘m so‘rab, shundan 13 million so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar qo‘lga olindi.
Tadbirkor kredit qarzdorligi sabab «zapravka»sidan ayrilyapti
Farg‘onada yirik kredit qarzdorligi bo‘yicha ijro ishi boshlandi. Bu safar Oltiariq tumanidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchasi (AYoQSh) xatlandi.
Namanganlik otaxon rekord jarimani «ishlab oldi»
Namangan viloyatida «Gentra» rusumli avtotransport vositasida 82 marotaba yo‘l harakatlari qoidalarini buzgan otaxonning mashinasi xatlandi.
Fuqaro nobop sherik va qarzlar tufayli uyidan ayrildi
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri Temiryo‘lchi mahallasidagi ota hovlisida uzoq yillar yashab kelgan Mo‘minovlar oilasi qonunan o‘zlariga tegishli bo‘lmagan uydan majburiy ravishda ko‘chirildi. Bu fojiali voqea ortida ko‘plab sabablar bor.
Urganchlik ota aliment to‘lovi sifatida farzandlariga uy sovg‘a qildi
Xorazm viloyati, Urganch tumanida yashovchi ota uch nafar farzandlarining 18 yoshga qadar bo‘lgan davri uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment puli o‘rniga umumiy yer maydoni 689 kv. metr bo‘lgan uyni sovg‘a qildi.
Aliment uchun ushlangan ota yo‘llardagi «ashaddiy qoidabuzar» bo‘lib chiqdi
Namanganda aliment qarzdorligi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan shaxs yo‘l harakati qoidalarini ham muntazam buzib kelganligi aniqlandi. Mazkur shaxs nafaqat farzand oldidagi burchi, balki avtotransportida ham ancha-muncha qarzi yig‘ilib qolgan.
Qazilmagan quduqning puli qaysi quduqqa tushdi?
Andijon viloyati Asaka tumanida ikkita mas’uliyati cheklangan jamiyatining mansabdorlari o‘zaro til biriktirib, fuqarolarning tomorqa yerlarini sug‘orish maqsadida budjet mablag‘lar hisobidan artezian quduqlarni qazish va ta’mirlash ishlari uchun loyiha hujjatlarini qo‘lga kiritgan.
Farg‘ona viloyatida MIB boshlig‘i qo‘lga olindi
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
MIB tashkil etilgandan buyon 17 mlrd dollardan oshiq pul undirdi
Shundan qariyb 95 trln so‘mi davlat foydasiga, 67 trln so‘mi tadbirkorlik sub’yektlari foydasiga, 46 trln so‘mi banklar foydasiga va 11,3 trln so‘mdan ortig‘i fuqarolar foydasiga undirilgan.
MIBning ijrochi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi belgilandi
Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «Davlat ijrochilarini ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom bilan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari va davlat ijrochisi maqomiga ega bo‘lgan xodimlarini ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi belgilandi.
Kredit qarzdorlik uchun fuqaro «Kia»sidan ayrilishi mumkin
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida fuqaro A.B. Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudining 2024 yil 26 iyundagi ijro varaqasiga ko‘ra, «Davr bank» XATB Olmazor filiali foydasiga 411 mln 474,2 ming so‘m kredit qarzdorligini qoplashi kerak bo‘lgan.
Jizzaxda qarzdorning «Gentra»si olib qo‘yildi
Jizzaxda bank qarzdorligini to‘lashdan qochib yurgan fuqaroning avtomashinasi xatlandi.
Qarzdor do‘stning avtomashinasi «qamab» qo‘yildi
Majburiy ijro byurosi Termiz shahri bo‘limi ish yurituviga qabul qilingan ijro hujjatiga ko‘ra, Termiz shahrida yashovchi B. ismli fuqaro o‘zining yaqin do‘sti va kursdoshi bo‘lgan Z.ning ishonchiga kirib, 20 million so‘m qarz berib turishini va uni ishlari hal bo‘lishi bilan tezda qaytarishini so‘raydi.
MIB xodimi kikboksing bo‘yicha xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi
Joriy yilning 1-5 fevral kunlari Hindiston poytaxtida kikboksing bo‘yicha «WAKO India Open» xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Jizzaxda ota aliment evaziga farzandlariga uy olib berdi
Jizzax viloyati Yangiobod tumanida ota uch nafar farzandi uchun hisoblangan aliment qarzdorligi uchun ularga uy olib berdi.
Andijonda kelin o‘zining sepini MIB orqali undirib oldi
Ayrimlarning dabdaba, hoyu-havaslar ortidan quvishi to‘y xarajatlarini oshirib yuborayotgani, ba’zida esa o‘rtadagi nizolarga sabab bo‘layotgani sir emas.
«Sport targ‘ibotchisi»ga to‘lanmagan pullar undirib berildi
Belgilangan bunday ustama pullari esa Oltinko‘l tumanidagi maktablardan birida ishlovchi xodimga 6 oy davomida to‘lanmagan.
Ko‘prik qurilishida vafot etgan avtokranchi oilasiga zarar undirib berildi
2023 yilda Toshkent viloyati, Parkent tumanida olib borilgan ko‘prik qurilishida mehnat qilgan xodim avtokranda ko‘prik balkasini ko‘tarish ishlari chog‘ida avtokran ag‘darilib ketishi natijasida tan jarohati olib, vafot etgan.
Kelinlar o‘z sepini sud hujjati orqali olib ketishi holatlari ko‘paymoqda — MIB
Pastdarg‘om tumanida kuyov xonadonida 5 kun yashagan kelin o‘z seplarini olib ketdi.
Qirqta jarimasi bo‘lgan «Malibu» ushlandi
Toshkentda haydovchi 40 marta yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan bo‘lsa-da, ma’muriy jarimalarni to‘lashni o‘ylamagan
To‘yxona xatlandi
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida katta miqdordagi kredit mablag‘larini olib, to‘lovlarini esa o‘z vaqtida qaytara olmagan qarzdor jamiyatning garovdagi mulki sotuvga qo‘yildi.
Andijondagi yirik korxona rahbari «BMW X5»ni xatlashga kirishilgandan so‘ng jarimani to‘ladi
Ish hujjatlariga ko‘ra, Andijondagi yirik mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining rahbari Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan sudlangan.
Vazirlik avtomashinasi xatlandi
Avtomashinaga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi.
Alimentdan qochib yurgan ota «tuzoqqa tushdi»…
Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy sudining ijro hujjatiga asosan undiruvchi A.J foydasiga tarbiyasidagi ikki nafar farzandi ta’minoti uchun qarzdor I.K.dan aliment undirish belgilangan.
MIB 3 yildan beri qidirgan qarzdorini Angren tog‘laridan topdi
Qonuniy nikohda bo‘la turib, 2021-yildan beri bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lash majburiyatidan qochib,bolasi ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan shaxs ushlandi.
Qidiruvdagi mashinaga boshqa avtoraqam taqib yurilgani ma’lum bo‘ldi
2 yildan beri qidirilayotgan «Chevrolet Tracker» boshqa avtoraqam bilan harakatlanayotgani ma’lum bo‘ldi
Alimentdan qochib yurgan ota hiyla bilan qo‘lga olindi
Qarg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 2 nafar farzandlariga 75,4 mln so‘m aliment to‘lashdan qochib yurgan otaga qidiruv e’lon qilingan edi.
Ishchilariga maosh to‘lamagan rahbarning mashinasi xatlandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan Kitob tumanidagi muassasadan 47 nafar xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini undirish belgilangan.
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi «zamdirektor»i o‘z ishiga tiklandi – MIB
Andijon viloyatida g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari lavozimiga qayta tiklandi.
MIBning Andijon va Farg‘ona boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi
Alimov Ayubxon Alimovich — MIBning Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
MIB mansabdorlari yirik miqdordagi qarzlarni undirmay, yopib yuborgani aniqlandi
Jumladan, Byuroning tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan «S.B» MChJdan davlat foydasiga 19 mlrd so‘mlik, «P.P» MChJdan 179,2 mln so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari qonunchilik talablariga zid ravishda asossiz tugatilganligi natijasida ushbu soliq qarzdorliklari bugungi kunga qadar undirilmagan.
MIB bir korxonaning 130 ta avtomashinasiga nisbatan qidiruv e’lon qildi
Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limida, shu kunga qadar, kredit undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlar bo‘yicha 350 ta 56 mlrd 948 mln. 450 so‘mlik hujjatlar tamomlanilishiga erishilgan.
MIB, soliq, bojxona xodimlari pora bilan ushlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

