Senatorlar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga bo‘lgan huquqni e’tirof etishga doir qonunni ma’qulladi
Senatning bugungi, ellik uchinchi yalpi majlisida «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonun muhokama qilindi.
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi belgilanyapti
Parlament Quyi palatasining bugungi majlisida deputatlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni qanday qonuniylashtirish mumkin?
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish bo‘yicha bir martalik aksiya tugallandi. Biroq turli sabablarga ko‘ra taqdim etilgan imkoniyatlardan foydalanishga ulgurmay qolganlar ham bor.
o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish aksiyasi yakuniga 2 kun muddat qoldi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi yakunlanishiga 2 kun muddat qoldi.
Mulk huquqi hammaga ham emas. Umumdavlat aksiyasi yo‘lidagi g‘ovlar haqida (raqam va faktlar)
Qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan 1211 nafar shaxs ma’muriy, 385 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan (shulardan 35 nafari vazifasidan ozod etilgan).
Ikki kunda salkam 900 ta masala hal bo‘ldi (foto)
Davlat xizmatlari markazlari xodimlari oylab yechimini kutib yotgan masalalarni ikki kunda hal qilishdi.
Jarayonni kim sustlashtiryapti?
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish muammosi muammoligicha qolib ketmoqda va bu jarayonda o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashayotgan davlat idoralari bosh rolni o‘ynayotgani umuman kechirilmas holatdir.
Bolalar hujjatli bo‘ldi, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar qonuniylashtirildi
Respublikamizda ikkita umummilliy aksiya o‘tkazilyapti — biri o‘zboshimchalik qurilgan imoratlarga mulk huquqini e’tirof etish, ikkinchisi qayd etilmagan bolalarni aniqlab, ularga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni berish.
Prezident farmoni ijrosi nega ta’minlanmayapti?
Umumdavlat aksiyasi minglab yurtdoshlarimizni qiynab kelayotgan masalaga yechim bo‘lishi kerak edi. Ammo...
O‘zbekistonda 1 millionga yaqin o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar bor
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha o‘tkazilayotgan bir martalik umumdavlat aksiyasi boshlangan vaqtdan buyon Davlat xizmatlari markazlariga 38 mingga yaqin murojaat kelib tushdi — bu xatlov natijasida aniqlangan imoratlarning atigi 3,8 foizini tashkil qilmoqda.