Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahnoza Soatova

Ki har ne olami sug‘roda mavjud, Bori bu olami kubroda mavjud. (Alisher Navoiy)

Bir maktab bor: qirq yilda yuz olim yetishtirgan

Bir maktab bor: qirq yilda yuz olim yetishtirgan

Xorazm viloyatida joylashgan Al-Xorazmiy nomidagi fizika va matematikaga ixtisoslashgan maktab internati haqida gap.

1976 yilda tashkil etilgan maktabda shu kungacha 105 nafar fan doktori va nomzodi, 34 nafar xalqaro olimpiadalar g‘olib-sovrindorlari, senatorlar, prezident maslahatchisi yordamchisi, vazir, hokimlar... Mamlakat miqyosidagi o‘ziga xos «kadrlar fabrikasi».

Shu maktab 2020 yilgacha biron marta kapital ta’mirdan chiqarilmagan, eski bino, uskuna va o‘ziga yarasha moddiy-texnik baza bilan shuncha natijalarga erishgan.

2020 yil mart oyida Prezidentning Xorazmga tashrifi payti alohida tilga olingan va Xalqaro maktab darajasiga ko‘tarish to‘g‘risida topshiriq berilgan edi.

Bugun shu maktabning rekonstruksiyadan chiqqan yangi binosi ochilish marosimi bo‘lyapti. Mashhur, kazo-kazo bitiruvchilar, faxriylar, maktab jamoasi va o‘quvchilari ishtirokida qizil tasma kesildi.

Xorazm o‘ziga xos ilm an’analariga egaligi bejiz emas: kecha Ichan qal’ada o‘nga yaqin madrasa va maktab ko‘rdim – aksarida dunyoviy bilimlar o‘rgatilgan deyishdi. Serfarzand yurt sermaktab yurt bo‘lishi kerak.  Agar hozir qo‘lingizda imkon va resurs bo‘lsa, maktablaringizga yo‘naltiring. Bizdan avlodlarga qolsa maktab qoladi, yo kitob qoladi foydali.

P.S. Yangi maktab binosini aylanib fizikaga ixtisoslashgan sinfga kirib qoldim. Bittayam qiz yo‘q. Qizlar yo‘qmi desam, «Urusha gativ adilar» (urushga ketishuvdi) deb hazillashdi bir o‘quvchi – shunaqa kayfiyat bo‘ldi menda. Qizlarimizni ko‘proq o‘qitaylik, bo‘lmasa chindanam hayot ular uchun urush maydoniga aylanib qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring