Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biz ko‘p vaqt yo‘qotganmiz» — Prezident og‘riqli masalaga to‘xtaldi

«Biz ko‘p vaqt yo‘qotganmiz» — Prezident og‘riqli masalaga to‘xtaldi

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

«Ta’lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q.

Qanchalik murakkab bo‘lmasin, maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. Chunki biz ko‘p vaqt yo‘qotganmiz.

Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta’limi vazirligining ishi, deb o‘ylasa, mutlaqo yanglishadi.

Maktab ta’limi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo‘lishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin», — dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring