Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hamma gap budjetdami? Unda 101 ming so‘mdan nega yig‘ilmoqda?

Hamma gap budjetdami? Unda 101 ming so‘mdan nega yig‘ilmoqda?

Foto: «Xs.uz»

Test imtihonlari oldidan abituriyentlarni doimiy qiynab keladigan, ammo ko‘pchilik pisand qilmayotgan bir mavzuga to‘xtalmoqchiman. Umid qilamanki, mutasaddilar ushbu masalani o‘rganib, kamchilikni tuzatishadi.

Test jarayonlarida qoralama uchun qog‘oz berilishi Nizomda nazarda tutilmagan, shunday bo‘lsa-da, kuzatganmiz, abituriyentlar har yili savollar kitobchasi (uning oxirgi varog‘i bo‘sh bo‘ladi)dan qoralama sifatida foydalanishadi.

Nazariy savollardan iborat testni yechishda alohida qoralama varoq shart emasdur, ammo aniq fanlar yo‘nalishidan test topshiruvchilar uchun 1 varoq qog‘oz kamlik qiladi. Kimyo, fizika, matematika kabi fanlardagi masalalarni, atigi bir varoq qoralamaga sig‘dirib yechishning o‘zi bir san’at, aslida. O‘ylab ko‘ring, test blokida matematika hamda kimyo fanlari bo‘lgan abituriyent qanday qilib cheklangan miqdoridagi qoralama bilan masala yechishni uddalashi mumkin?

Nahotki, test o‘tkaziladigan maydonlarda qoralama uchun foydalansa bo‘ladigan 2-3 o‘ramdagi qog‘ozni qo‘yib qo‘yish qiyin bo‘lsa?!

Abituriyent shpargalka yoki «kalkulyator» ishlatmayaptiku, qoralamaga misol yechsa, o‘z bilimi bilan yechadi!

Adolatli test tizimi tashkillashtirishni maqsad qilgan ekanmiz, qoralama uchun qog‘oz muammosini ham hal qilishimiz kerak. Davlat test markazi va boshqa mas’ul tashkilotlar e’tiborini shu, kim uchundir arzimasdek tuyilgan, ammo abituriyentlar uchun doimiy muammo hisoblangan kamchilikka qaratishlarini so‘ragan bo‘lardik.

Hamma gap budjetdami?

Unda 101 ming so‘mdan nega yig‘ilmoqda?

Jasur Davlatov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring