Qirg‘izistonlik talabalar Toshkentda malaka oshirmoqda

Toshkent farmatsevtika instituti va O‘sh davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlik memarandumga muvofiq qirg‘izistonlik 6 nafar talaba Toshkentga keldi. Bu haqda Toshkent farmatsevtika instituti matbuot xizmati xabar berdi.
O‘sh davlat universiteti Farmatsiya fakultetining 6 nafar 2-bosqich talabalari 10 kun davomida Toshkent farmatsevtika institutida o‘quv jarayonlarida ishtirok etishadi.
Mehmon-talabalar o‘zbekistonlik tengdoshlari bilan birga OTM hayotidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarida qatnashadilar.
Akademik almashinuv yakunida O‘sh davlat universiteti talabalariga O‘zbekistonda bilim darajalarini oshirganliklari haqida sertifikat beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter