«BlackBerry KEY2» — «QWERTY» klaviaturasiga ega zamonaviy smartfon

Xitoyning «TCL» kompaniyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatuvchi «BlackBerry» kompaniyasi yirik displey, ingichka hoshiya va klaviaturali smartfonni taqdim etdi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».
Yangi «BlackBerry KEY2» smartfoniga diagonali 4,5 dyuymga teng 1620x1080 pikselli displey o‘rnatilgan bo‘lib, u «Gorilla Glass 3» oynasi bilan himoyalangan. Qurilma korpusida alyuminiy va «Soft-touch» plastigidan foydalanilgan.
Kompaniya «QWERTY» klaviaturasini takomillashtirgan: klavishlar orasidagi masofani uzaytirgan, shu sababli matn terish ancha osonlashgan. Barmoq izi skaneri «probel» tugmasiga o‘rnatilgan.
«KEY2» modeli «BlackBerry» smartfonlari orasida birinchi bor 12+12 megapikselli ikkitalik kameraga ega bo‘ldi. Ikkinchi modul «portret rejimi» uchun mo‘ljallangan.
Qurilma 4 yadroli «Snapdragon 660» protsessori yordamida ishlaydi, ichki xotirasi 6 gigabaytga teng. Akkumulyator sig‘imi 3500 mA/soatni tashkil etadi.
«BlackBerry KEY2» iyun oyidan boshlab 649 AQSh dollaridan sotuvga chiqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter