Dunyodagi ilk tijoriy 5G-tarmoqqa 5-aprelda start beriladi

Janubiy Koreyada 5-aprel kuni dunyodagi ilk tijoriy beshinchi avlod (5G) tarmog‘i ishga tushiriladi. Bu haqda «Reuters» agentligi xabar berdi.
Bu jarayonda «Samsung» kompaniyasining ham roli katta. Uning beshinchi avlod tarmoqlarida ishlovchi yangi smartfoni sotuvga chiqishi bilan ushbu tarmoq uchun «katta yo‘l» ochildi.
Eslatib o‘tish kerakki, tarmoq ekspluatatsiyasi ilgari bir oyga kechiktirilgandi. Loyihachilar avvaliga qurilmalarni yaxshilab sinovdan o‘tkazib olish uchun shu yo‘lni tutishganini ma’lum qilishgan.
«Korea Herald» gazetasi yozishicha, Janubiy Koreya mobil aloqa operatorlarining 5G ni ishga tushirishga tayyorgarlik jarayoni ham oxirlab qoldi. Faqat bitta muammo bor: eng yirik «SK Telecom» mobil aloqa operatori yangi tarmoqqa xizmat ko‘rsatish narxlarini belgilashda hukumat bilan bir to‘xtamga kela olmadi.
Beshinchi avlod mobil tarmog‘i Koreya Respublikasida ilk marotaba 2018-yilning fevralida Pxenchxandagi Qishki olimpiadada ishga tushirilgandi. Ushbu formatda ma’lumotlarni uzatish tezligi 25 Gb/soniyani tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter